Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining "Robototexnika to`garagi"ga informatika fani o`qituvchisi Ruzmetova Dilfuza rahbarlik qiladi. To`garak har hafta chorshanba kuni olib boriladi. O`quvchilarning robototexnikaga bo`lgan qiziqishlari juda katta.


