Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 15-02-2025, 10:48

Ona tili darsi

3 -B sinfda Ona tili darsi.
O'qituvchi:  Ibadullayeva Shoira
Oʻtilgan mavzu: Ot soʻz turkumi. O'quvchilar interaktiv doskada Wordwall platformasi orqali kim?, nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan rasmlarni ikkiga ajratishdi va berilgan topshiriqni faol bajardilar. Mavzu sinf taxtasida kim? va nima? soʻroqlariga javob boʻladigan soʻzlar "BODROQ" oʻyini orqali mustahkamlandi. Yangi mavzu: "Otlarda birlik va koʻplik". Yangi mavzu slayd orqali tushuntirildi. O'z navbatida, o'quvchilar hayotiy misollar bilan sinfdagi birlik va koʻplik otlariga misol boʻla oladigan soʻzlarni topib aytishdi. Masalan: eshik, oynalar, gullar, kitob javoni va hakozo. O'qituvchi tomonidan mavzu bo'yicha tarqatma mateŕiallar tarqatilib, birlik va koʻplikdagi rasmlarni ajratib yopishtirib chiqish topshirig'i topshirildi. Shuningdek, sabzi, piyoz, sanchiqi, pomidor kabi so'zlarni oʻquvchilarning oʻzlari birlik va koʻplikda  ajratib berishdi. Stakanchalarga yozilgan birlikdagi soʻzlarning koʻpligini topib, juftlik hosil qilib ishlashdi. Oʻquvchilar dars jarayonida "Ustoz va oʻquvchi" rolini bajardilar. Ular bir-birlariga ko'rgazmalar koʻrsatgan holda, oʻtilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilishib, mavzuni mukammal o'rganib oldilar.Barakalla, bolajonlar! 



Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili