Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o'tibdiki , ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ( kar va zaif eshituvchi ) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida “Buyuklar azizdir har on!” mavzusidagi o'tkazilgan adabiy-badiiy tadbir ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlandi. Tadbirda har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o'rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot ahliga ko'rsatgan homiyligi jihatidan ham o'xshashi yo'q siymo ekanligini, ular bugun o'zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma'naviy kamolot timsoliga aylanganligi ta'kidlanib, tadbir maktab -internatning o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan ko'ngilli tarzda tashkillashtirildi. Tadbir jarayonida Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bog'liq ma'lumotlarni ishtirokchilarga e'tiboriga havola etar ekanmiz, Navoiy va Bobur bobolarimizning ijodlarini o'rganish va ilmiy tahlili bo'yicha so'nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligini, bugungi kunda ham ularning ijodiy merosi ko'pgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, ma'naviyatimiz asoslarini esa buyuk bobokalonlarmizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo'lmasligini ishtirokchilar tomonidan aytib o'tildi. O'z o'rnida Bobur buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va shijoati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solganligi, o'zbek tilida yozilgan “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi” kabi asarlari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olganligi to'g'risidagi fikrlari bildirildi. Navoiy va Boburning hayoti va ijodini o'rganar ekanmiz, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko'rsatganini yanada yorqinroq bilib olamiz. Ular barcha asarlarida ana shu ezgu g'oyalarni targ'ib etganlar. Shuningdek, maktab-internatimiz rahbariyati tomonidan xalqimiz ma'naviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir jarayonida ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida ko'pgina ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda Navoiy va Bobur ijodidan namunalar maktab- internatning o'quvchilari tomonidan yoddan aytilib, o'quvchi yigit-qizlari ijrosida kuy- qo'shiqlarga go'zal raqslar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.