Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 8-02-2025, 10:55

"BUYUKLAR AZIZDIR HAR ON!"

O' zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ( kar va zaif eshituvchi)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 

32-sonli maktab-internatining 9-A va 9-B sinflari o‘rtasida buyuk bobokalonimz Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab "AZIZLAR BUYUKDIR HAR ON! " shiori ostida o‘quv dars mashg‘ulot soati o‘tkazildi. Mashg‘ulotni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D. Kariyeva va Nutqiy muloqot fani o‘qituvchisi M.Shomurotovalar tashkillashtirdilar. O‘quvchilar mashg‘ulot jarayonida interfaol doskada berilgan savollarga to‘g‘ri va aniq javob berdilar. So‘ng bir mudom bobokalonimiz yashagan davrlarga qaytib, bobomiz Navoiyni sahnada gavdalantirdilar. O‘quvchilar ijrosidagi sahna ko‘rinishi va qizlarimizning raqslari ham  tomosha qilindi. Ilg‘or bolajonlar rag‘batlantirilib, baholandilar.Barakalla!
Ustozlar tomonidan bugungi dars mashg‘ulot haqida ijobiy  fikr-mulohazalar aytildi. BOBOKALONLARIMIZ YODI BILAN YASHAYMIZ MUDOM!



Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili