Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 7-02-2025, 09:49

Informatika darsi

O' zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ( kar va zaif eshituvchi)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida informatika fani o’qituvchisi Ro‘zmetova Dilfuza tomonidan 9-A sinfda informatika fanidan " Tasvir rangi, yorqinligi, kontrasti va aniqligini boshqarish" mavzusi bo'yicha ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. 
1.Tasvirni joylashtirish va tahrirlash uchun dasturiy ta’minotdan dastur talablariga muvofiq foydalanish;
2. Tasvirni tahrirlash zaruriyatini aniqlash;
3. Tasvirni aniqlik bilan joylashtirish;
4. Tasvir o‘lchamini o‘zgartirish;
5. Tasvir nisbatlarini saqlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerak bo‘lgan joylarda tasvirni xiralashtirish;
6. Tasvirni kesib olish, aylantirish va akslantirish;
7. Tasvir rangining jilosini, yorqinligini va kontrastini sozlash;
8. Uzatish tezligini oshirish uchun rasm hajmini kichraytirish;
9. Fayl hajmini kamaytirish uchun rasm o‘lchamlarini kichraytirish.
Dars ushbu rejalar asosida noan'anaviy tarzda olib borildi. Dars jarayonida o'quvchilar faol qatnashdilar. O'qituvchi elektron doska orqali mavzuni mukammal  yoritib berdi. O`quvchilar berilgan topshiriqlarni kompyuterda bajarib darsni yaxshi o`zlashtirdilar va dars yakunida rag`batlantirildilar.
Dars so'nggida O'IBDO' N.Matnazarova o'qituvchi va o' quvchilarga o'tkazilgan dars mashg'uloti  haqida o'zining ijobiy fikr-mulohazalarini bildirdi.



Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili