2024 yilning 27 -yanvar kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatida "Yangi yil sarguzashtlari" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir maktab-internatining tarbiyachi-murabbiy ustozlarimiz tomonidan tashkillashtirildi. Qorqiz, Qorbobo va Yalmog‘iz kampir tashriflaridan bolajonlarning shodligiga yanada shodlik qo'shildi. O‘quvchi qizlarning raqslari, sahna ko‘rinishlari, namoyishlari , sho‘x-shodon o‘yin-kulgulari davraga jo‘shqinlik va fayz kiritdi. YANGI YILINGIZ MUBORAK, AZIZ YURTDOSHLAR!!!