Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 14-01-2025, 10:37

XUSH KELDING, YANGI YIL!

XUSH KELDING, YANGI YIL!!! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining 1-A sinf va 1 -B sinflarida "ASSALOM, YANGI YIL!"nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramona tarzda o‘tkazilgan ochiq dars tadbirini yakka mashg‘ulot fani o‘qituvchilari Matchanova Kamolatxon va Bobojonova Nilufarxonlar tashkillashtirdilar. Yangi yil ertaligi o'tkazilayotgan bir paytda tasodifan ertak qahramonlari Yalmog‘iz kampir kelib qoldi.. Sho‘x - shodon o‘yin- kulgular va archa bezaklari bilan sahnalashtirilgan tadbir sahnasiga olis o'rmonlardan  Qorbobo qadam ranjida qildi.. Albatta, bolajonlarning quvonchi cheksiz bo‘ldi. O‘quvchilar o‘zlarining bilim salohiyatlarini ertak qahramonlariga va sevimli ustozlariga xush kayfiyatda namoyish etdilar va o‘zlariga atalgan Yangi yil sovg'alarini qabul qildilar.Jajji bolajonlar bilan o‘tkazilgan bu bayram tadbiri yig‘ilganlarga xushnudlik baxshida etdi.Har bir kuningiz BAYRAM bo‘lsin, azizlar!



Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili