Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 14-01-2025, 10:28

Ochiq dars

Maktab-internatimizda Yangi yil shukuhi ... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Sayyora Ataxonova va Nilufar Sobirovalar tomonidan 1-B va 1-V sinflarida bayramona dars mashg‘uloti tashkillashtirildi.  Jajji bolajonlarning I chorak davomida olgan bilimlari kuzatildi. 5 ta shart asosida bellashuv tarzida olib borilgan dars juda maroqli va qiziqarli bo‘ldi. Dars jarayonida qo‘llangan turli xil interfaol o‘yinlar, jumladan, yashirin bilimlar asosidagi qiziqarli nafas mashqlari bolajonlarni yana faollashtirdi. Bolajonlar ustozlariga va ota-onalariga she‘riy tabriklar yo‘lladilar. Mashg‘ulot davomida O‘qish, Ona tili, Matematika va Tabiiy fanlar uyg‘unlashgan holda shartlar namoyish etildi. Darsda o‘quvchilarning onajonlari ham ishtirok etdilar. Kichik qorbobojonlar ustozlari tomonidan Yangi yil sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar. Mashg‘ulot so‘nggida ishtirok etgan ota-onalar va ustozlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘z navbatida, ular barcha o‘quvchi- bolajonlarni va ustozjonlarni kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladilar.


Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili