Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 11-12-2024, 10:44

KONSTITUTSIYA-ERKIN VA FARAVON HAYOT GAROVI!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatida "Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbir maktab- internatimizning tarix fani o'qituvchilari tomonidan tashkillashtirildi. Tadbir jarayonida Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirishlar, Konstitutsiyaning barcha moddalari insoniyatga xizmat qilishi xususida minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilar ishtirokida turli sahna ko‘rinishlari orqali tushunchalar berildi. Raqs to‘garagi a'zolarining musiqiy chiqishlari namoyish etildi. Shodiyona kunlarda siz azizlarga  tilagimiz shuki, har biringizning xonadoningizda hamisha bayram nashidasi hukm sursin! Barchangizga bugungi Konstitutsiyamizning 32 yillik to‘yi muborak bo‘lsin, qadrdonlar! 









   

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili