Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 4-12-2024, 12:48

SEN MEHRIMIZ ARDOG`IDASAN!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida 3-dekabr-Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Sen mehrimiz ardog`idasan!" nomli tadbir o'tkazildi. Tadbirda jajji bolajonlarning chiqishlari , o'quvchi- qizlarimizning raqslari barcha yig'ilganlarda taassurot qoldirdi.Bu yili UrDU talabalari bo'lgan sobiq o'quvchilarimiz ham tadbirga tashrif buyuirdilar. Davlatimizning keng imkoniyatlaridan  foydalanish zarurligini aytib, ukajonlariga o'zlarining kerakli maslahatlarini berdilar va Davlatimiz rahbari Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning imkoniyati cheklangan insonlarga g'amg'o'rlik qilayotganidan minnatdor ekanliklarini bildirdilar. Shu o'rinda o'zlariga ta'lim-tarbiya bergan  ustozlariga cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tadbir qisqa fursatda maroqli tarzda bo'lib o'tdi.Barcha ishtirokchilarga RAHMAT!!!


Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili