Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 4-12-2024, 09:50

BILIMLAR BELLASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining 6-A, 6-B, 6-V sinflari o'rtasida ona tili fanidan o'tilgan mavzular yuzasidan bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni maktab-internatning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tashkillashtirdilar.
Bellashuv jarayonida 6 ta shart asosida o'quvchilarning ona tili fani bo'yicha bilimlari kuzatildi. Sinflar 3 ta "KECHA", "KUNDUZ", "YORUG‘LIK" guruhlarga ajratilgan o‘quvchilar bir-biri bilan do‘stona holda birlashib, topshiriqlarni astoydil bajardilar. Bellashuvning 1-shartida o‘quvchilar o'zlari haqida ma'lumot berdilar. Ularning yozma savodxonligi kuzatilib borildi. 2-shartda o'quvchilar tibbiyot xodimlari haqida ma‘lumot berdilar va  rasmlarda ko‘rsatilgan ruscha so‘zlarni o'zbekcha nomini yozib ko‘rsatdilar. Har ikkala shart hakamlar tomonidan izohlanib, baholandi.
3-shart "Jigar - eng mehnatkash a‘zo" mavzusi yuzasidan bo‘ldi. O‘quvchilar o‘zlari mavzu haqida ma‘lumotlarni berib, elektron doskada mavzu yuzasidan gap tuzib yozdilar. 4- shartda "Nima to‘g‘ri-yu, nima xato?" interfaol o‘yini o‘ynatildi. Elektron doskada berilgan so‘zlarni o‘quvchilarning o'zlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘rilini belgiladilar. 3-4-shartlar ham izohlangan holda hakamlar tomonidan baholandi. 5-shartda"Tomchilar "o‘yini so‘z turkumlari asosida bo‘ldi. O‘quvchilar tomchilarni o‘z joylariga qo‘yib, tezda hakamlarga olib bordilar. Keyingi topshiriqda esa  "Tuxumning yarmini top!" o‘yini orqali bir bo‘g‘inli so'zlarni o‘z o‘rinlariga joyladilar va tuxumlarning yarmini topdilar. Oxirgi 6-shartda "BU KIM EKAN? interfaol o‘yini guruhlar tomonidan tezlikda bajarildi."Kecha" guruhi 34 ball bilan Bellashuvning g‘olib guruhi deb topildi. Ishtirokchi o‘quvchilarning barchasi Bellashuv so‘nggida rag‘batlantirilib taqdirlandilar.











Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili