Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 4-12-2024, 09:02

Ona tili darsi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining 7-A sinfda ona tili fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilnoza Kariyeva olib bordi. Dars to‘g‘ri tashkil qilinib,elektron doskada o‘tilgan mavzu mustahkamlandi. O‘quvchilar savollarga to‘g‘ri , aniq  javob qaytardilar va o‘z vaqtida o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirilib borildi.Yangi mavzu: Fe‘l zamonlari.
Mavzu ko‘rgazmalar yordamida keng yoritildi. Fe‘lning o‘tgan zamon,hozirgi zamon va kelasi zamonlari haqida so‘roqlar berish orqali va  ko‘rgazmalar asosida mukammal tushuncha berildi. Mavzu "Choynak- piyola ", "Qalamcha" , "Pazl" kabi interfaol o‘yinlar asosida mustahkamlandi. O‘tkazilgan ushbu ochiq dars qiziqarli va maroqli tarzda bo'lib o‘tdi. Dars kuzatishga kirgan ustozlarimizdan dars haqida o‘zlarining fikr-mulohazalari eshitildi.




Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili