O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32- sonli maktab- internatining
6-V sinfida Nutqiy muloqot fanidan ochiq dars mashg'uloti olib borildi. Mashg'ulotni Nutqiy muloqot fani o'qituvchisi Roziyajon Shomurodova o'tkazdi. Dars to'g'ri tashkil qilinib, "Harflardan sôzlar tuzish" o'tilgan mavzusi interfaol o'yinlar orqali mustahkamlandi.Yangi mavzu e'lon qilinib, interfaol doskada slayd namoyishi orqali namoyish etildi. "Sôzlardan gaplar tuzish" mavzusi ham interfaol o'yinlardan foydalangan holda, ya'ni " Yaproq" , "Shar" metodlari orqali mukammal yoritildi. Interfaol doskada so'zlardan gaplar tuzilib,o'quvchilarning husnixatiga alohida e'tibor qaratildi. O'quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etdilar. Faol o'quvchilar o'qituvchi tomonidan rag'batlantirilib borildi. O'z navbatida o'qituvchi sust o'zlashtiruvchi o'quvchilarning ham nutqi ustida ishlab, vazifa berib bordi. Dars jarayonini kuzatgan ustozlar tomonidan dars tahlili o'tkazildi va kerakli fikr-mulohazalar aytildi.