Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 19-11-2024, 09:49

HILPIRA BAYROG'IM!!!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida "Hilpira,bayrog'im!" bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir maktab-internatning  tarix fani o'qituvchisi Muhabbat Zairova boshchiligida tashkillashtirildi. Tadbir jarayonida Davlatimiz  bayrog'i  haqida o'qituvchi va o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlanlangan maftunkor videoroliklar namoyish etildi. Ayniqsa, musiqa fani o'qituvchisi L.Ibragimova tomonidan tayyorlangan  o'quvchilarimizning  chiroyli musiqiy chiqishlari davraga yanada xushnudlik bag'ishladi. 
O‘ttiz uch yildirki, jahon ayvonida O‘zbekiston yuzi, o‘zbek xalqi iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrog‘imizda millatimiz g‘ururi mujassam. Musaffo osmonimizda hamisha  HILPIRA, BAYROG'IM!!! 



 
[media=https://youtube.com/shorts/xVRURUH1xA8?feature=share]

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili