Noan‘anaviy darslar davom etmoqda..Keyingi dars jarayoni kuzatildi..
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internati
1 - A sinfida O'qish savodxonligi fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘qituvchi Ollaberganova Marhabo tomonidan o‘tkazildi. Dars jarayonida o'qituvchi turli metodlarni qo‘lladi. Hali endi 1 -sinf o‘quvchilarning maktabga moslashib, bilimlarini namoyish etib turganligi alohida e‘tirofga sazovor..
O‘qituvchi dars avvalida o‘quvchilarning familiyalarini qay darajada bilganliklarini so‘rab oldi.. O‘tilgan mavzudagi matnni bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘qish topshirig‘i bolajonlar tomonidan tezlikda bajarildi. Yangi mavzu : "O‘quvchilarning kun tartibi yuzasidan suhbat".Mavzuni elektron doskada slayd orqali o‘quvchilarga tushuntirildi.
Kun tartibi qanday bo‘lishi kerakligini bolajonlar dars jarayonida yanada mukammal bilib oldilar. O‘quvchiarning bilimga chanqoq ekanligi dars jarayonida yaqqol sezilib turdi. Dars yakunida o‘quvchilar rag‘batlantirilib baholandilar.
I chorak yakunlanishi arafasida kuzgi ta'til davrida kun tartibiga alohida e‘tibor berishlari o‘quvchilarga uqtirildi. Barakalla deymiz, bilimdon o‘quvchilarga! O‘z navbatida ustozlar tomonidan ham o‘tkazilgan dars haqida fikr- mulohazalar bildirildi.