1-noyabr sanasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining
2 -A sinf Nutq o‘stirish fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘qituvchi Madaminova Mo‘tabar tomonidan olib borilgan dars "Xat" matni.
Topshiriqlar ustida ishlash " mavzusida bo'lib o‘tdi.
Dars to‘g‘ri tashkil qilinib, o'quvchilardan o‘tilgan mavzu savol-javob asosida so'raldi va mustahkamlandi. O‘quvchilar berilgan savollarga to‘g‘ri javob berdilar.Yangi mavzu elektron doskada e‘lon qilinib, slad namoyishi orqali o‘quvchilarga yangi bilim berildi va "Onamga xat" topshirig‘i berildi. Har bir o'quvchiga xat yozish uchun qog'oz tarqatildi. Bolajonlar sevimli onajonlari uchun xat yozib , xursandchilik bilan o‘zlari yozgan xatlarini ustozlariga ko‘rsatsatdilar. Keyin o‘tilganlarni mustahkamlash uchun "Tovus patini yig‘" o‘yini asosida vazifalar berildi. O‘quvchilar tezlikda Kim?, Nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yib, topshiriqni a‘lo darajada bajardilar. O‘qituvchi o‘quvchiarga Qorboboga xat yozib kelishlarini uyga vazifa qilib berdi va ularni rag‘batlantirib baholadi. Qoyil, bolajonlar!
Dars maroqli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.