30-oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining
3 -B sinfda O‘qish fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘qituvchi Ibadullayeva Shoira tomonidan o‘tilgan dars, ya‘ni " Yil fasllari "mavzusi "Mosini top!" o'yini orqali mustahkamlandi. O‘quvchilar berilgan vazifani tezlik bilan uddaladilar. O‘qituvchi yangi mavzuni e‘lon qilib, elektron doska orqali mavzuga doir slaydni namoyish etdi. Yangi mavzu: Кuzda. Kuz faslining o'zgacha tarovati haqida bolalarga tushuncha berildi. O‘z navbatida bolalar ham kuz faslining shirindan shirin mevalari-yu, vitaminlarga boy sabzavotlarini aks ettirgan holda dars jarayonida faol ishtirok etdilar. Hosil bayramini ko‘ngilli o‘tkazish maqsadida darsga 1-B sinf o‘quvchilari ham taklif qilindi. Ular meva va sabzavotlar haqida she‘rlar aytdilar va ustozlari Sabirova Nilufar tomonidan elektron doskada keltirilgan meva va sabzavotlarning nomini to‘g‘ri topish topshirig‘ini a‘lo darajada bajardilar. Bolajonlar ko‘zlari bog‘langan holda yedirilgan mahsulotlarning nomini to‘g‘ri topishib, o‘zlarining epchil va topqir ekanliklarini namoyon etdilar. Har ikkala sinf o‘quvchilari birgalikda tashkil etilgan ushbu noan‘anaviy ochiq dars mashg‘uloti bolajonlarning yodida bir umr muhrlanadi ,degan fikrdamiz! Qoyil,bolajonlar!