Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 11-11-2024, 11:23

O‘ZBEK MILLIY TAOMLARI

Navbatdagi ochiq dars jarayonlari.. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar boshqarmasi tasarrufidagi  Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining 1-B sinfida Nutq o‘stirish fanidan ustoz Sayyora Ataxanova  tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Har doimgidek ustozning darsi mazmunan boy tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘qituvchi  "O‘zbek milliy taomlari " mavzusi haqidagi ma‘lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish va ularning nutqini yanada rivojlantirish maqsadida jajji bolajonlarning har bir so'zni ravon aytishlariga alohida e‘tibor qaratdi. O‘quvchilar ham o‘z navbatida faol ishtirok etdilar. Dars avvalida "Oshxonada " mavzusi bo‘yicha kichkintoylarning oshxonaga tashriflari haqidagi rolikdan parcha namoyish qilinib, o‘tilgan mavzu mustahkamlandi.Yangi mavzu "O"zbek milliy taomlari" elektron doskada mavzuga doir ishlangan slad  va rang-barang taomlar rasmlari orqali mavzu keng yoritildi. O‘quvchilar o‘zbek milliy taomlari: palov(osh), sho‘rva, chuchvara, manti, lag‘mon va hakozolar haqida ma‘lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek,ovqatlarni iste‘mol qilishda ozodalikka rioya etishlari alohida uqtirildi. Darsda o‘quvchilar faol qatnashdilar va ustoz tomonidan o‘z vaqtida  rag‘batlantirildilar. Darsda ota-onalar ham ishtirok etdilar va ular farzandlarining qay darajada bilim olayotganliklarining guvohi bo‘lib, kuzatib o‘tirdilar.
Dars yakunida dars ishtirokchilari , ya‘ni mehmonlardan o‘tkazilgan dars haqida fikr-mulohazalar eshitildi. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili