Maktab-internatimizda ochiq dars mashg‘ulotlari davom etmoqda.. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Urganch shahar boshqarmasi tasarrufidagi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining 3-A sinfida O'qish fanidan ochiq dars o‘tkazildi. Xudoyquliyeva Aziza ustoz tomonidan
olib borilgan bugungi noan'anaviy dars jarayonida turli interfaol o‘yinlardan iborat bo'lgan mashqlar o‘quvchilarni yanada faollikka undadi. "Vitaminlarning ahamiyati" mavzusi har kuni biz iste‘mol qiladigan turli xil meva va sabzavotlar haqida ma‘lumotlar berish orqali keng yoritildi. Insonlarning sog‘lom bo‘lishlari uchun vitaminlarga boy mevalar,sabzavotlar va taomlarni tanovul qilishlari kerakligi uqtirildi.O‘quvchilarning o‘zlari meva va sabzavot qiyofasida bemalol o'zlariga ta‘rif beraoldilar va dars davomida faol ishtirok etdilar.Dars yakunida ustozlar o‘zlarining iliq fikrlarini bayon etdilar.