Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 25-10-2024, 12:42

Tibbiy yordam turlari

 Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining 5-B sinfida IMHY fanidan o‘qituvchi O‘razboyeva Feruza tomonidan "Tibbiy yordam turlari" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti olib borildi. O‘qituvchi kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda, baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, insonning hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun darhol birinchi yordam ko‘rsatish kerakligini va shifokor yetib kelguncha yoki bemorni shifoxonaga olib borguncha amalga oshirilishi zarurligini uqtirdi .O‘qivchilar kishining hayoti xavf ostida qolmasligi uchun birinchi yordam ko'rsatilishi kerakligini uqib oldilar. Sinf xonasida mavjud dori qutichada qanday dorilar turishi va ular qachon nimalarga ishlatilishi haqida tushunchalar berdi.Darsda ustozlar bilan birgalikda o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdilar va dars so‘nggida dars haqida o‘zlarining fikrlari va maslahatlarini aytdilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili