Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 25-10-2024, 12:36

O'simlik barglaridan gerbariy tayyorlash

Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zair eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab- internatining 4-A sinfida Tabiatshunoslik fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Darsni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Bobojonova Feruza olib bordi.O‘qituvchi darsni avval o'tilgan mavzu "Osimlik va daraxtlarning urug‘lari" mavzuga doir savollar  berish orqali o‘quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamladi. So‘ng amaliy mashg‘ulot doirasida yangi  "O'simlik barglaridan gerbariy tayyorlash" mavzusini e‘lon qildi va sinfda mavjud interaktiv elektron doskada rasmlarni namoyish etdi.O‘qituvchi aralash metodlardan foydalanib, o‘quvchilarni yanada  epchil va faol bo‘lishga undadi. Dars qiziqarli va maroqli tarzda o‘tkazldi. Dars so‘nggida o‘quvchilar baholanib, rag‘batlantirildilar. Darsda ishtirok etgan ustozlar o‘tkazilgan mashg‘ulot haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini aytdilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili