Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 18-10-2024, 10:07

Til-MILLAT KO`ZGUSI!

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining  35 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko‘zgusi!" mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. 
Tadbir maktab-internatning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarimiz va ustozlarimiz ishtirokida o‘zbek tilimizning rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi. O‘zbek tili madh etilgan go‘zal she'rlar ifodali aytilib, chelenj va videoroliklar namoyish etildi. Qardosh xalqlar hamjihatligi haqida ma‘lumotlar berildi. Xalqlar do'stligi ifodalangan turli millatlarning go‘zal raqslari barchaga xushnudlik bag'ishladi. 
Shuningdek, Til bayrami munosabati bilan maktab-internat miqyosida rasmlar ko‘rik -tanlovi o‘tkazildi. Tadbir so‘nggida ko'rik- tanlov g‘oliblari maktab-internat ma‘muriyati tomonidan  taqdirlandilar. 


 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili