Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 30-04-2026, 13:46

Jaholatga qarshi maʼrifat

Bugun 30-aprel kuni maktab-internatimizda "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida o`quvchilarga ma`ruza o`qildi va videoroliklar qo`yib berildi. Maruzani Din ishlari bo`yicha qo`mitaning Urganch shahar bosh mutahasisi Oybek Vaisov va Respublika ma`naviyat va marifat Urganch shahar bo`limi Doniyor Jumaniyazov o`qidilar. Mazkur ma’ruzada jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va ma’rifatning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi. Jaholat — insonni orqaga tortuvchi, uni noto‘g‘ri yo‘lga boshlovchi omil bo‘lsa, ma’rifat esa aksincha, ongni yuksaltiradi, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi va jamiyatni rivojlanishga yetaklaydi.
Ma’ruzada yoshlarni bilim olishga undash, ularni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan himoya qilishda ma’rifatning ahamiyati alohida qayd etildi. Shuningdek, har bir inson o‘z ustida ishlashi, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi va zamonaviy bilimlarni egallashi zarurligi uqtirildi.
Xulosa qilib aytganda, jaholatga qarshi eng kuchli qurol — bu ma’rifatdir. Ilmli va ongli jamiyatgina barqaror taraqqiyotga erisha oladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili