“Voice Up – 2026” da “Zakovat” intellektual o‘yinlari!
Xorazm viloyatidagi Xonqa sanatoriyasida davom etayotgan “Voice Up – 2026” inklyuziv oromgohida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
"Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan tadbir yoshlarning bilim saviyasi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash xizmat qiladi.
“Voice Up – 2026” - bu faqatgina loyiha emas. Balki, yuragida o‘ti bor yoshlarning katta hayot sari tashlagan ilk, ammo eng salmoqli qadamidir!
Zero, inklyuziv kelajak har birimizning ovozimizdan boshlanadi!

Inklyuziv kelajak sari ilk qadam tashlayotgan xorazmlik 50 nafar faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar orzular va haqiqiy imkoniyatlar tutashgan manzilda birlashishdi!
Albatta, ular orasida imkoniyati cheklangan yoshlarning ham borligi loyihaning haqiqiy inklyuziv ruhini namoyon etib, teng imkoniyatlar muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Xonqa sanatoriyasida 14-15-16 aprel kunlari davom etadigan tadbir dasturiga muvofiq, oromgoh doirasida turli yo‘nalishlarda mazmunli seminar va treninglar boshlandi.
Malakali mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar yoshlarning shaxsiy rivoji, psixologik barqarorligi va ichki motivatsiyasini mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, yetakchilik ko‘nikmalari, jamoa bilan samarali ishlash, zamonaviy fikrlash va tashabbuskorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Interaktiv seminarlar va master-klasslar esa ishtirokchilarga yangi bilim va tajribalarni amaliy tarzda egallash imkonini beradi.
"VoiceUp – 2026" — bu sening minbaring! Kelajagingni bugun, shu yerdan rivojlantiramiz!