maktab-internatda tarix fani o'qituvchilari M.Zairova va U.Divanova tomonidan Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk sarkarda, adolatli hukmdor” shiori ostida noan’anaviy dars tashkil etildi.
Mazkur dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanildi. Jumladan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan Amir Temurning tavalludi aks ettirilgan videorolik hamda “Chumoli va Amir Temur” nomli videolavha o‘quvchilarga namoyish etildi.
Dars davomida o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib, Amir Temur shajarasini to‘g‘ri va tezkorlik bilan aniqlash bo‘yicha faol ishtirok etdilar. Shuningdek, buyuk sarkarda hayoti va faoliyati haqida ma'lumot va she'rlar ifodali tarzda o‘qildi.
Ushbu noan’anaviy dars o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



