Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 16-04-2026, 10:09

Zulfiya – tong kuychisi

 2-mart kuni maktab-internatning 7-“A” sinfida “Zulfiya – tong kuychisi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars jarayoni puxta reja asosida olib borildi hamda o‘quvchilarning faolligi bilan ajralib turdi.
Dars davomida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaning hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi. Mavzu “Sham” metodi orqali mustahkamlanib, o‘quvchilar o‘z bilim va tasavvurlarini erkin bayon etdilar. Ushbu metod darsning qiziqarli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.
Shuningdek, shoira ijodiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etilib, unda Zulfiya hayoti, adabiy merosi va ijodining o‘ziga xos jihatlari yoritib berildi. Videolavha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Dars yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatdiki, mazkur ochiq dars ularning adabiyotga bo‘lgan mehrini kuchaytirish bilan birga, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi.





Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili