Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 18-02-2026, 11:53

Navoiy va Bobur izdoshlari

17-fevral kuni maktab-internatning 6-“A” sinfida ona tili adabiyot fani o‘qituvchisi D. Kariyeva tomonidan “O‘tilganlarni takrorlash” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars o‘quvchilarning o‘tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar ikki guruhga — “Navoiy izdoshlari” va “Bobur izdoshlari” nomlari ostida bo‘linib, to‘rtta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Har bir shart Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob, tezkor topshiriqlar va ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratildi.
O‘quvchilar bellashuv davomida faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Bellashuv yakuniga ko‘ra “Navoiy izdoshlari” guruhi yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. A.Navoiyning "Hotami Toy" hikoyati asosida o'quvchilar tomonidan sahna ko'rinishi taqdim etildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili