Maktab-internatda “Ikki buyuk siymo – bir buyuk ma’naviyat” shiori ostida buyuk mutafakkir va davlat arboblari — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Adabiy kecha davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy haqida ma'lumotlar va Bobur ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan namoyish etildi hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir jarayonida buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar, ularning ilm-fan va davlat boshqaruvidagi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi.
Mazkur tadbir o'quvchilar qalbida milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Adabiy kecha ko‘tarinki ruhda, mazmunli va esda qolarli tarzda yakunlandi.

