2026-yil 11-fevral kuni 32-sonli maktab-internatning 5-“A” sinfida adabiyot fanidan o‘qituvchi D. Ibadullayeva tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars yuqori saviyada, puxta tayyorgarlik asosida hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida olib borildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va mavzuni chuqur o‘zlashtirish maqsadida interfaol metodlardan samarali foydalanildi.
Xususan, “Jurnalist”, “Misralarni tikla”, “Ruboiyni davom ettir”, “To‘g‘ri – Noto‘g‘ri” metodlari orqali o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, nutq madaniyati hamda ruboiyni tahlil qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Bundan tashqari, dars davomida savol-javob, guruhlarda ishlash, mustaqil fikr bildirish hamda baholashning rag‘batlantiruvchi usullaridan ham foydalanildi. O‘quvchilar Bobur ruboiylarining mazmun-mohiyatini anglab, undagi hikmatli fikrlar yuzasidan o‘z mulohazalarini erkin bayon etdilar. 

