Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

Yangi yil — ezgulik, quvonch va yangi orzular bayramidir. Shu munosabat bilan maktab-internatimizda Yangi yil bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir bayramona ruhda bezatilgan zalda bo‘lib o‘tdi hamda unda maktab-internat rahbariyati, tarbiyachilar, pedagoglar va o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
Bayram tadbiri tantanali ochilish bilan boshlandi. Tadbirni olib boruvchilar Yangi yil munosabati bilan barchani samimiy tabriklab, kelayotgan yil barchaga tinchlik, sog‘lik va muvaffaqiyatlar olib kelishini tiladilar. 
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, raqslar va qo‘shiqlar namoyish etildi. Har bir chiqish bayramona kayfiyat bag‘ishlab, o'quvchilar tomonidan iliq olqishlar bilan kutib olindi.
Bayramning eng quvonchli va kutilgan qismi — Qorbobo, Qorqiz va yalmog'iz kampirning tashrifi bo‘ldi. Ular o‘quvchi va o'qituvchilar bilan suhbatlashib, o‘yinlar tashkil etdilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili