Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 28-01-2026, 11:50

BELLASHUV

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining matematika fani o'qituvchilari D.Salayeva va H.Matkarimova tomonidan 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa o‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqada 5–6-sinf o‘quvchilari jamoalar asosida ishtirok etdilar.
Musobaqa jarayonida “Aqliy hujum”, mantiqiy masalalar yechish, tezkor savol-javob, interfaol topshiriqlar, ko‘rgazmali va innovatsion metodlar asosida ishlash tashkil etildi. Har bir shart bo‘yicha o‘quvchilarning bilim darajasi, faolligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari baholab borildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar va o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Yil dasturi

Maktab manzili