Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 28-01-2026, 11:46

Yangi yil — yangi umidlar

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining boshlang'ich fani o'qituvchisi M.Allaberganova tomonidan “Yangi yil — yangi umidlar” mavzusida Yangi yil ertaligi tashkil etildi. Mazkur bayram tadbirida maktab-internat rahbariyati, pedagog xodimlar, tarbiyachilar hamda o'quvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir bayramona ruhda o‘tkazilib, unda o‘quvchilar tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan she’rlar aytildi, raqslar ijro qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida imo-ishorada qo‘shiq ijro etish, “Kim ekan?” nomli intellektual-ko‘ngilochar shou, qiziqarli o‘yinlar va musobaqalar tashkil etildi. Yangi yil ertaligi ishtirokchilarda yuqori kayfiyat hamda ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili