Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatning yakka mashg'ulot fani o'qituvchisi X.Navruzova tomonidan 2-B sinf o'quvchisi Madrimova Ruzagul Maqsud qizi bilan birgalikda "Yangi yil tabrigi. N va M tomushlari" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Ochiq darsda o'quvchiga yangi bilim berildi, tovushni farqlash uchun bayram bilan bog'liq turli xil o'yinlardan foydalandi. Darsda o'quvchi faol qatnashdi.
