Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining yakka mashg'ulot fani o'qituvchisi
Z. Sultanova 2A- sinf o'quvchisi Ergasheva Zebuzar Asrorbek qizi bilan birga "Yangi yil ertagi" matni. M va N tovushlarini farqlash, so'zlarda va bo'g'inlarda mustahkamlash" mavzusida ochiq dars o'tdi. Ochiq darsda o'quvchiga yangi bilimlar turli xil o'yinlar orqali tushuntirildi. Dars davomida M va N tovushlarini og'zaki nutqda farqlash qiziqarli metodlar yordamida o'rgatildi.
