Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati!" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida she'rlar, unga kiritilgan o'zgarishlar, moddalari va qonunlar tarixi haqida ma'lumot berdilar. 



