Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligi munosabati bilan "HILPIRA, BAYROG'IM!" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.
Bu yil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 34 yil to‘ldi.
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.
 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan millatlar tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!
Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi.




Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili