Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatining 5, 7, 9, 10-sinf saralangan o'quvchilar o'rtasida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi. O'yinda 2 ta jamoa o'zaro bellashdilar. Bellashuvda o'quvchilarni fikrlashga chaqiruvchi 12 ta mantiqiy savollar berildi. 2-guruh a'zolari savollarga tez va aniq javob berishdi va g'oliblikni qo'lga kiritdilar.



