Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 31-05-2025, 11:14

ILM- ENG BUYUK SHARAF!

ILM- ENG BUYUK SHARAF! "SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ" BAYRAM TADBIRI...
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab- internatida barcha ta‘lim muassasalarida bo‘lganidek " Ilm-eng buyuk sharaf! " shiori ostida " So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida Xorazm viloyati Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas‘ul xodimi tomonidan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi o‘g‘il- qizlarga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir jarayonida jajji bolajonlarning chiroyli raqslari tomosha qilindi. Bu kun bitiruvchi yoshlarimiz uchun o‘zgacha, unutilmas kun bo‘ldi. Tadbirda maktab- internatimiz direktori Sanjar Qurbanov Xudoyberganovich 2024- 2025 o‘quv yilida maktab- internatimizda erishilgan natijalar, internatimiz rivoji uchun  qilingan va qilinayotgan ishlar yuzasidan ma‘ruza qildi. Shuningdek, maktab- internatning iqtidorli , namunali o‘quvchilarini va ularning ota- onalarini munosib taqdirladi. Bitiruvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlari barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Bitiruvchi yoshlarimizga hayot yo‘llarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!!! Tadbir so‘nggida an‘anaga ko‘ra So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi..


Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili