Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 30-05-2025, 12:25

Adabiyot fanidan ochiq dars mashg‘uloti

O‘quv yili yakunida o‘quvchilarga mustahkamlash darslari bo‘lib o‘tmoqda..
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab- internatinning  jonkuyar, fidoyi, yosh, izlanuvchan ustozlaridan yana biri - ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilnoza Kariyeva tomonidan 5- B sinf o‘quvchilariga  Adabiyot fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘qituvchi mustahkamlash borasida  "Kim chaqqon?"," Asalari", "Pazl", va  " Kimda ko‘p?" kabi interfaol o‘yinlardan foydalanib, darsni qiziqarli va mazmunli olib bordi. O‘quvchilar darsda faol ishtirok etdilar va o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirildilar. Dars jarayonida ishtirok etgan o‘qituvchilar maroqli dars uchun o‘quvchilar va ustozga minnatdorchilik bildirdilar. Ofarin!!!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili