Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 28-05-2025, 11:42

YAKUNIY DARS SABOQLARI..

YAKUNIY DARS SABOQLARI..
Sanoqli kunlardan keyin hayajonli daqiqalar, " SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ" sadolari yangraydi... Ayni daqiqalarda maktab- internatimizda rejaga muofiq so‘nggi darslar bo‘lib o‘tmoqda!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab- internatining bitiruvchi 11- A sinfida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.Dars ona tili va adabiyot fani bo‘yicha mustahkamlash darsi sifatida uyushtirildi. Ushbu dars mashg‘ulotini sinf rahbari ,ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ibadullayeva Dinora olib bordi. Mavzu : O‘tilgan mavzularni mustahkamlash. Hammamizga ma‘lumki, sanoqli kunlardan keyin 11-sinf o‘quvchilari maktabni bitkazadilar. Bugungi dars o‘zgacha shukuhda tashkillashtirildi. BELLASHUV tarzida o‘tkazilgan dars jarayonida o‘quv yili yakuni doirasida yil davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari kuzatildi va mustahkamlandi. "So‘nggi bekat"  va "Yangi hayot " guruhlari o‘zaro bellashdilar. 6 ta shart asosidagi qiziqarli ma‘lumotlar o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri bajarildi. Har bir shart hakamlar hay‘ati tomonidan baholanib borildi. Umumiy hisob  71 : 71 ball bilan do‘stlik g‘alaba qozonildi. Darsda ishtirok etgan ustozlarimiz dars haqida o‘zlarining iliq fikr- mulohazalarini bildirdilar. Bugungi kun yoshlar uchun ham o‘zgacha kun bo‘ldi , desak yanglishmagan bo‘lamiz!!! Ko‘ngilli  va maroqli dars uchun doimo o‘z ustida ishlaydigan, chaqqon , izlanuvchan ustoz Dinora Ibadullayevaga alohida tazhakkur izhor etamiz! O‘quvchilarga kelgusi o‘qish va ishlariga omadlar tilab qolamiz!!!


Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili