Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 20-05-2025, 09:44

"Yil fasllari" mavzusida ochiq dars

Bugun 15- may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab- internatining 1- A sinfida  O'qish fanidan  " Yil fasllari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. 
Dars o'qituvchi Ollaberganova Marhabo tomonidan olib borildi.
O'quv yilining yakuniy darslari arafasida o'tkazilgan ushbu dars jarayonida jajji bolajonlarning bilim saviyasi kuzatildi.Buni to'g'ridan to'g'ri video jarayonlaridan kuzatishimiz mumkin. Hali o'quvchilar  
1- sinf bo'lishlariga qaramasdan o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga bemalol javob qaytarib, bir- birlari bilan savol- javob o'tkazmoqdalar.
O'qituvchining har bir bola bilan alohida ishlagani yaqqol ko'rinib turibdi. Jajji bolajonlarning hozirjavobligiga ofarin, deymiz!
2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” bilan bevosita bog'liq ushbu darsda o'quvchilar tomonidan sahna ko'rinishi ham namoyish etildi. Atrof- muhitni asrash, tozalikka e'tibor qaratish kabi tushunchalar o'quvchilar onggiga singdirildi. Shu o'rinda, ustoz Marhabo Ollaberganovaga tashakkur izhor qilamiz!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili