Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 16-04-2025, 12:27

15- aprel - Xalqaro ekologik bilimlar kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab-internatida "15- aprel - Xalqaro ekologik bilimlar kuni " munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni Kimyo, Fizika, Geografiya va Tabiiy fanlar ustoz- murabbiylari hamkorlikda o'quvchilar bilan birgalikda " TABIAT VA INSON - BIR BUTUN" shiori ostida uyushtirdilar.
Inson dunyoga kelibdiki, tabiat bilan chambarchas bog’liq holda voyaga yetadi, rivojlanadi, kamol topadi. Tabiat va inson bir-biriga uzviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirib turadi. Bejiz tabiatni onaga qiyoslamaymiz. Chunki tabiat ham insonni ona kabi parvarishlaydi, oziqlantiradi, kiyintiradi, issiq va sovuqdan asraydi. Insonning shakllanishida tabiatning roli qanchalik muhim bo’lsa, tabiat uchun ham insonning ta’siri shunchalik muhimdir.  
Tadbir jarayonida o'quvchilar tomonidan bir- biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari namoyish etildi.Fizika , kimyo darslarida o'tkaziladigan bevosita tabiat bilan bog'liq laboratoriya ish jarayonlari namoyish etildi.Geografiya, tabiat va biologiya fanlari asosida ajoyib sahna ko‘rinishlari tomosha qilindi. 





Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Сентябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili