Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 27-03-2025, 11:35

O‘LKAMIZ UZRA BAHOR...

O‘LKAMIZ UZRA BAHOR... 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli  maktab-internatining
1-B va 1- V sinf jajji bolajonlari o‘rtasida Nutq o‘stirish darsida " MILLIY O‘YINLAR" mavzusi yuzasidan BELLASHUV o‘tkazildi. Musobaqa ochiq osmon qo‘ynida, hashamatli, gazon bilan qoplangan futbol maydonchasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqani sinf rahbarlari Ataxonova Sayyora ustoz va Sobirova Nilufar ustozlar tashkillashtirdilar. "Chaqqonlar" va "Epchillar" guruhlari o‘rtasida milliy o‘yinlarimizdan kurash, arqon tortish, varrak uchirish , tosh ko‘tarish, "Kim oladi-ya, shuginani..." o‘yinlari shuningdek, "To‘plarni o‘z joyiga eltish" kabi sport mashqlarini amalda ko‘rsatish bilan bir qatorda berilgan harflardan o‘yinlar nomlarini  doskada tezlik bilan yozish topshiriqlarini ham bajardilar. Guruhlar hay‘at a‘zolari tomonidan baholanib borildi. Guruhlar o‘rtasida do‘stlik g‘alaba qozondi. Qoyil, bizning jajji bolajonlarimiz har qachongidek sport o‘yinlarining ham uddasidan chiqadilar. Ularga ham ilm-u hunar o‘rgatyotgan, ham ularni epchillig-u, chaqonlikka o‘rgatayotgan aziz ustozjonlarimizga o‘z tashakkurimizni bildiramiz! 




Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili