BAHORIY AYYOMLAR AVJIDA... Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi ) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32- sonli maktab-internatimizning yuqori sinf o'quvchi-qizlari o'rtasida "AYOL- MUQADDAS!" bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir jarayonida 5 nafar o'quvchi-qizlarimiz xilma- xil uy yumushlari va ularning sir -sinoatlari borasida o'zaro bellashdilar. Qizlarni bellashuvga tayyorlashda texnologiya fani , IMHY fani ustozlari hamkorlikda yaqindan yordam berdilar. Qizlar bir- biridan qiziqarli va epchillikka undovchi vazifalar asosida topshiriqlar va shartlarni bajardilar. Qizlarimizning barchasi musobaqada o'zgacha faollik bilan ishtirok etdilar. Musiqiy to'garak a'zolarining raqslari namoyish etildi . Go'zallik va jozibadorlik Sizlarni hech qachon tark etmasin, balli, qizlar,- deya tilak bildirib qolamiz!!!