Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 7-03-2025, 09:10

Fe'l zamonlari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi )bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32- sonli maktab- internatida fanlararo o'zaro hamkorlik darslari davom etmoqda..
Bugun maktab-internatimizning 5-B sinf o'quvchilariga Ona tili va Nutqiy muloqot fanlaridan ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulotni malakali ustozlar Dilrabo Xaitova bilan Feruza O'razboyevalar olib borishdi. Dars jarayonida o'quvchilar  3 guruhga ajratildilar. 1-guruh "O' tgan zamon", 2-guruh "Hozirgi zamon" va 3-guruh "Kelasi zamon " guruhlariga ajratildilar. "Fe'l zamonlari" mavzusi yuzasidan  3 ta shrat asosida topshiriqlar berildi. Har bir guruh topshiriqlarni a'lo darajada bajardilar. Sust o'zlashtiruvchi o'quvchilarga alohida vazifa berildi, ular ham berilgan topshiriqlarni uddalay oldilar. Mashg'ulot davomida interfaol doskadan foydalanildi. Topshiriqlarni bajarish jarayonlarida o'quvchilar o'rtasida o'zaro do'stona munosabatlar yaqqol ko'rinib turdi. Darsda ishtirok etgan ustozlar tomonidan mashg'ulot haqida fikr-mulohazalar bildirildi.








Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili