Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • E'lon va tadbirlar
  • 3-03-2025, 11:18

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB...

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi )bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32- sonli maktab- internatining yuqori sinf o‘quvchilariga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan o‘zbekning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ma‘naviy- ma‘rifiy davra suhbati  o‘tkazildi
O‘quvchilarga ZULFIYAning hayot yo‘li haqidagi videorolik qo‘yib berildi va shoiraning  tarjimayi holi haqida ma‘lumot berildi. Zulfiyaxonim she‘rlari o‘quvchilar tomonidan yod aytildi.Surdotarjimada o‘quvchilarning chiqishlari namoyish etildi. Maktab- internatimizning musiqiy to‘garak raqqosa- qizlarining raqslari davraga yanada xushnudlik bag‘ishladi




Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili