O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi ) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32- sonli maktab- internatining 8-A sinfida qizlar va o‘qil bolalar o‘rtasida BELLASHUV..
Bugun maktab- internatning 8-A sinfida nutqiy muloqot fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Darsni yosh, izlanuvchan o‘qituvchi- qizlarimizdan yana biri Shomurotova Roziyajon tashkillashtirdi. Darsning mavzusi ona tili fani bilan bevosita bog‘liq "Ergashtiruvchi bog‘lovchilarni mustahkamlash" mavzusi bo‘lib, dars noan‘anaviy tarzda tashkillashtirildi. O‘tilgan mavzular mustahkamlanib, sinfning o‘g‘il va qiz bolalari o‘rtasida 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashuv o‘tkazdilar. Guruhlar interfaol doska orqali mavzuga doir bir necha o‘yinlarni tezkorlik bilan bajardilar va krossvordlar ishladilar. O‘qituvchi tomonidan berilgan "Konfet " o‘yinini ham guruhlar to‘g‘ri uddalay oldilar. Sinf o‘quvchilari o‘rtasida do‘stlik g‘alaba qozonildi. Dars so‘nggida o‘quvchilar rag‘batlantirilib, baholandilar. Barakalla!