O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Xorazm viloyati Urganch shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshtuvchi ) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida o‘quvchilarning ota-onalari bilan majlis bo‘lib o‘tdi.. Majlisga Xorazm viloyati Ijtimoiy himoya boshqaruvidan mutasaddi rahbarlar tashrif buyurishdi. Majlis jarayonida turli xil masalalar ko‘rib chiqildi. Avvalo, ota-onalar farzandlarining o‘qishlariga alohida e'tibor qaratishlari zarur ekanligi haqida nutq so‘zlandi va farzand tarbiyasida, ularning xulqi borasida ko‘pgina fikr-mulohazalar uqtirildi. O'z navbatida, ota-onalardan o‘zlarini qiynayotgan va qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan savollar so'raldi va imkon qadar mas‘ullar tomonidan ma‘lumotlar berildi. Bugungi kunda dolzarb vazifalar yuzasidan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.