Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy

  • Maktab jamoasi
  • 17-01-2025, 10:00

METODIK MAHORAT KUNLARI

METODIK MAHORAT KUNLARI MUNOSABATI BILAN MAKTAB- INTERNATIMIZDA O‘QUV TRENING O‘TKAZILDI.
Ta’lim tashkilotlarida"Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 2025 yil 10 yanvar kuni Xorazm viloyati Urganch shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida kasbiy rivojlanish soati jarayonlarida o'quv semenar treningi o‘tkazildi. Trening maktab-internatimizning  ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Dilnoza Kariyeva va Dinora Ibadullayevalar tomonidan tashkillashtirildi. O‘quv soati turli xil interfaol o‘yinlardan iborat tezkorlik va hozirjavoblik mashqlaridan iborat bo‘lib, uch guruhga bo‘lingan jamoa o‘rtasida bahs-munozara tarzida o‘tkazildi. O‘z navbatida ustozlarning ham ma‘naviy, ham madaniy hordiq chiqarishlari uchun samarali, keng mulohazali savol-javoblar asosida o‘tkazilgan bu trening mashg‘ulotida  ustozlarimiz faollikni qo‘ldan bermadilar. Ushbu bellashuv tarzidagi o‘quv treningning ishtirokchilari hakamlar hay‘ati tomonidan baholanib borildi, guruhlar teng ball to‘pladilar va do‘stlik g‘alaba qozonildi. Mazkur tadbirlar pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini ta’minlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.



Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Mustaqillik ko’chasi, 311a-uy
  • +998 (62) 228-25-24
  • info@urganch32-mi.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili